РуЛиб - онлайн библиотека > Дехканова Мамура > Философия > KASB TA`LIMI METODIKASI > страница 2

Читаем онлайн «KASB TA`LIMI METODIKASI» 2 cтраница

ventilyatsiya), o`quvchilarning ish o`rnini to`g`ri tashkil etishga,
zarur asboblardan, mehnat usullaridan foydalana bilishga o`rgatish – kasb
ta`limi o`qituvchisi amalga oshirishi va hayotga tatbiq etishi lozim bo`lgan
asosiy masalalardir.
Kasb ta`limi metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Har
qanday fan, fan sifatida o`zining ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Bu usullar
orqali o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayot va obyektiv dunyoni
bilish nazariyasidada nimani o`rganish va qanday o`rgatish kerak, kimni va
qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib, ular o`zaro uzviy
bog`liqdir. Fan mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud
kasbiy, pedagogik-psixologik hodisa va jarayonlarni, uning maqsadi va
vazifalariga muvofiq keladigan tadqiqot usullari bilan o`rganadi.
Ilmiy pedagogik izlanish jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi
ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalaniladi: kuzatish, adabiyotlar bilan
ishlash, suhbat, o`quvchilar ijodini o`rganish, test, so`rovnomalar, o`quv
muassasasi hujjatlarini tahlil qilish, eksperiment, tajriba-sinov, statistik
ma`lumotlarni tahlil etish, matematika-kibernetika va boshqalar.
6
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni
o`zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni
hisobga olish va tegishli ta`lim tarbiya ta`siri ko`rsatish yo`llarini belgilash
uchun qo`llaniladi. Bu usul tadqiqotchi pedagogik tajribaning muayyan
bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko`zda tutib idrok etishidan
tashkil topadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti,
pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va
hokazolar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab, kuzatishlar turlarga bo`linadi. Bevosita va
bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayonda
kuzatuvchining hatti-harakatlari kabilarni yozib qo`yish imkonini beradi.
Bevosita qayd qilish usuli, biror-bir hodisaning oqibatlari haqidagi faktik
materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo`llash vositasida natijani olishga imkon beradi. Fan-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalari (kinofilm,videotasvir
teleko`rsatuv)dan foydalanish orqali tobora ko`p qo`llanilmoqda.
Suhbat usuli - so`rashning bir turi bo`lgani holda tadqiqotchining
jiddiy tayyorgarlik ko`rishini talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs
bilan bevosita aloqada bo`lish vaqtida og`zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan, erkin muomala shaklida olib boriladi.
Suhbat usulida - o`qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va
keng jamoatchilik bilan yakka va guruh tarzida ish olib borilganda
qo`llaniladi. Suhbat usulidan farqli ravishda intervyu olish usuli oldindan
belgilangan savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda
javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda
ommaviy so`rash nazariyasi va praktikasida intervyu olishning ko`p
usullari mavjud.
Pedagogik so`rash usuli – tadqiqotchining boshqa kishilardan
pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish
jarayoni bu usulning asosini tashkil qiladi. So`rash usulida savollarning
mantiqiy o`ylangan tizimini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan
kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat`iy shakldagi javobni
("ha","yo`q") ham taqozo etishi mumkin.
Test, so`rovnomalar - so`rovnoma, ya`ni anketa usuli ilmiy farazning
yangiligini aniqlash, yakka yoki guruh holdagi talabalarning fikrlarini,
qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish
va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.
Test savollaridan ko`zlangan maqsad, oz vaqt ichida talabalarning
bilimlarini yoppasiga baholashdir.
7
Mutaxassislarning bilimini va dunyoqarashini aniqlash uslublaridan
biri - bu test yordamidagi sinovdir.
Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi,
ma`naviyati hamda yoshlarning qaysi yo`nalish va mutaxassislikka
layoqati borligini, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki baholashga imkon
beradi. Test yordamida Bilimlarni baholashning pedagogika nuqtai
nazaridan yutuqlari va kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayonini
EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta`kidlangan. Test savollari
va masalalarining aniqligiga sabab, uning qisqa va lo`ndaligi, umumiy
javoblar ichida to`g`ri javobning borligi va ularning talabalarga ko`rsatma
bo`lib xizmat qilishi,uning topishmoqli o`yinga o`xshashligi va javobni
topishda xotira, ichki tuyg`u va topqirliklar qo`l kelishidir. Test savollarini
chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
Test sinovlari usuli - yozma javoblarni ommaviy ravishda yig`ib olish
usulidir. Test so`rovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy
jarayon. Pirovard natijada Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar
mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to`ldirilgan anketalar soniga
bog`liq bo`ladi. Odatda test savollari kompyuterda ma`lumotlarni matematik statistika metodlari bilan ishlash imkonini beradigan qilib tuziladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli - ushbu tajriba ta`lim-tarbiya
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy
jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish usuli – ta`lim sohasidagi,
jumladan, ajratilgan mablag`larning doimiy o`sib borishi, darslik va o`quv
qo`llanmalari, ko`rgazmali qurollar, o`qituvchi kadrlar tayyorlash, ta`lim
muassasalarining qurilishi, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan
mablag`lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Matematika va kibernetika usullari - o`qitish nazariyasi, amaliyotida
hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan
ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta`lim va uni mashina orqali boshqarish,
o`qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta`lim-tarbiya samaradorligini
oshirish, differensial va individual ta`lim berish kabi jarayonlardir.
Ijtimoiy tadqiqot usuli - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad,
talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini, talabalar orasidagi
do`stlik munosabatlarini, o`quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va
kamchiliklarni, dinga, xususan, tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash,
talabalarning ma`naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan
ta`minlanganlik darajasi, o`quv taqsimoti, o`qituvchilarning bilim berish
darajasi, o`quv qo`llanmalarining sifati, kompyuterda mashg`ulot o`tkazish
turlarini o`rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg`ulotlar
8
turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning xarajatini qanchalik
qoplashi, talabalarning haq to`lanadigan ishlarda qat-nashishi, otaonalarining moddiy yordami, ularning ma`lumoti, ish joyi, talabalar ko`p
boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining
shakllanishiga ta`sir etuvchi, mutaxassis bo`lib yetishishida hal qiluvchi
omillar, talabalarning onglilik darajasi, komil inson bo`lish uchun kerakli
bo`lgan ma`naviy sifatlar, o`zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar
anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning barchasi kompyuterda qayta
ishlanadi va xulosalar chiqariladi.
Fanning ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to`g`ri tanlansa ta`lim-tarbiya
mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi,
rivojlantirilib, boyitib boriladi.
Kasb ta`limi muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o`tkazishdan
maqsad, bo`lajak kichik mutaxassislarni o`zi tanlagan kasbiga o`qitish va
o`rgatishning samarali metodlarini ishlab chiqish va amalda qo`llash,
texnik vositalarni qo`llashga doir masalalarni yechishni o`rganishdan
iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o`qituvchidan fanning
mazmunini chuqur bilish talab etiladi. Ko`pchilik bo`lajak pedagoglar
talabalik vaqtlarida-yoq pedagogik izlanishlar bilan shug`ullanadilar. Fan
bo`yicha metodik ko`rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar
tayyorlaydilar. Ilmiy anjuman va seminarlarda ma`ruzalari bilan qatnashib,
o`zlarining pedagogik mahoratlarini oshirib boradilar.
Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi
bosqichlarga bo`lish mumkin:
1. O`qituvchining adabiyotlarni o`rganish va amaliy ishlar asosida
muammolarni aniqlash. Bunda o`rganilayotgan muammo to`g`risida
adabiyot muallifining fikr-mulohazalari; o`rganilayotgan muammo
to`g`risida usullardan farqli ravish kiritgan takliflari; adabiyotlarda
qaysi asosiy masalalar yoritilmagani;